Termiz davlat universiteti Tarix fakultetida Jahon tarixi kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Feruza Xolmanova Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Qadimgi Xitoy tarixi” mavzusida ochiq dars oʻtdi.
Dars davomida talabalarga qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi, hukmronlik qilgan sulolalar, “Qadimgi Xitoy devori”ning barpo etilishi va Xitoy mamlakati hududidan topilgan qazilma boyliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.