Ochiq dars: “Nanokimyo obyektlari, aqlli materiallar va ularning qo’llanilishi, nanozarralar orasidagi Van-der-Vaals kuchlarining fizik tabiati”
Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida Nazariy fizika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori Umrbek Abdiyev 4-bosqich Fizika ta’lim yo’nalishi talabalariga “Nanokimyo obyektlari, aqlli materiallar va ularning qo’llanilishi, nanozarralar orasidagi Van-der-Vaals kuchlarining fizik tabiati” mavzusida ochiq dars oʻtdi.
Dars davomida talabalar nanokimyoning tadqiqot yo'nalishlari, kimyoviy bog’lanishlar, Van-der-Vaals kuchlari, nanokimyoviy obyektlarning sinflarga bo’linishi, “Aqlli” materiallar haqida bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishdi.