“Young Professional Internships Program” dasturi doirasida taqdimot oʻtkazildi

Termiz davlat universitetida AQSH elchixonasi mutaxassisi Chris Cowan tomonidan 3-4-bosqich talabalar uchun “Young Professional Internships Program” dasturi doirasida taqdimot oʻtkazildi. 

Xoʻsh, “Young Professional Internships Program” qanday dastur va u talabaga qanday foyda beradi? 

Young Professional Internships Program (YPIP) — yosh mutaxassislar uchun 12 haftalik yozgi amaliyot dasturi boʻlib, amaliyotchilarga Amerikaning yurtimizdagi korxona va tashkilotlarida ishlash, malaka oshirish tadbirlarida qatnashish, soha yetakchilari bilan muloqot qilish imkonini beradi.

Dastur STEM sohasida ishlashni reja qilayotgan, 3-4-bosqich talabalari uchun moʻljallangan va ingliz tilida olib boriladi. Amaliyotlar Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 19

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 24

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 18

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil