Termiz davlat universiteti Oʻzbek filologiyasida Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Nurali Omonturdiyev 3-bosqich filologiya va tillarni oʻqitish:oʻzbek tili taʼlim yoʻnalishi talabalariga “Alohida olingan soʻzlar taraqqiyoti” mavzusida ochiq dars oʻtdi.
Zamonaviy texnologiyalardan foydalanib oʻtilgan dars savol-javoblarga boy boʻldi. Talabalar oʻz fikr-mulohazalarini erkin va faol bildirishgani ochiq darsni jonlantirdi.
Mavzuni yanada mustahkamlash maqsadida oʻqituvchi tomonidan talabalarga foydali darsliklar tavsiya etildi.