Termiz davlat universiteti Amaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakultetida Algebra fanidan Algebra va geometriya kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori Ismoil Allakov 1-bosqich Matematika yoʻnalishi talabalariga “Kompleks sonlar va ular ustida amallar. Muavr formulasi” mavzusida ochiq dars oʻtdi.
Darsda oʻqituvchi tomonidan tayyorlangan taqdimot, savol-javoblar, qiziqarli bahs-munozaralar asosida zamonaviy texnologiyalardan foydalanildi.