TerDU Amaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Odiljon Iminov ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda Oliy ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilayotgan e'tibor va imkoniyatlar haqida suhbatlashildi. Taʼkidlanganidek, zarur kuch va resurslarni taʼlim sifatini oshirishga, malakali kadrlar tayyorlashga yoʻnaltirish nafaqat bugun, balki ertaning ham ustuvor vazifasiga aylanmoqda.