Fakultetdagi taʼlim sifati ko‘rsatgichi tushib ketganligi, raqobatbardosh mutaxassislarni yetkazib berishga yetarlicha eʼtibor qaratilmaganligi qayd etildi.
Auditoriyalar, dars jarayonlari, kafedralar, zal, talabalar oshxonasidagi holatga rektor tomonidan jiddiy eʼtirozlar bildirildi. Fakultetda talabalar va o‘qituvchilar uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilmaganligi, hududdagi tozalik, obodonlashtirish ishlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yilganligi tanqid qilindi.
Iqtisodiy yo‘nalish kafedralarida ilmiy salohiyatni oshirish hamda fakultet faoliyatini yaxshilashga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.