Termiz davlat universiteti Fizika matematika fakulteti matematik analiz kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan “Matematik analiz” fanidan qiziqarli ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

“Murakkab funksiya hosilasi. Bir tomonli hosila. Cheksiz hosila. Nuqtada hosila mavjud bo‘lmagan holdagi misol. Hosilaning nuqtada uzilishiga misol” mavzusidagi ochiq darsni Fizika-matematika fanlari doktori, professor M.Mirsaburov talabalarga matematik misollar hamda tenglamalar yordamida tushuntirib berdi.

Bizni kuzatishda davom eting!