Rektor tomonidan TerDUning 1,5 gektar maydonda o‘rnatilgan 1000 kVt quvvatga ega quyosh panellari ko‘zdan kechirildi.
Ishlar yakunlangan bo‘lishiga qaramay 2 oydan buyon foydalanishga topshirilmaganligiga e’tiroz bildirildi va stansiyaning tarmoqqa ulanib, ishga tushirilishiga bir hafta muddat berildi. 
Mazkur hududda talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda amaliy tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida fiziklar uchun laboratoriya ham tashkil etish topshirig‘i berildi.
Bizni kuzatishda davom eting!