Bugun kunning birinchi qismida Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov universitet hududi bilan tanishib obodonlashtirish ishlari bo‘yicha jiddiy e’tirozlar bildirdi.
Kechda esa Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetining kechki va sirtqi ta’limda tahsil olayotgan talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va davomat bilan tanishdi.
Aniqlanishicha, kechki ta’lim shaklining yuqori bosqichida tahsil olayotgan talabalarning davomati 50 foizni tashkil etmoqda.
Mas’ullarga tegishli chora ko‘rilishi belgilandi.
Bizni kuzatishda davom eting!