Jaholatga qarshi – maʼrifat zarur

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Termiz davlat universitetida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Unda Markaz targʻibotchilari Sh.Umarov, S.Abduvoitovlar talabalarga soʻnggi paytlarda avj olayotgan maʼnaviy tahdidlar, yoshlar hayotida ijtimoiy tarmoqlar tobora muhim oʻrin egallayotgani va undan maqsadsiz foydalanishning salbiy illatlari, yot oqimlar taʼsiridan saqlanish choralari xususida maʼlumotlar berishdi.

Tadbirda buyuk muhaddis Imom Buxoriy asarlari taqdimoti oʻtkazilib, talabalar bilan tasavvuf olami, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiyning hayoti va boy ijodiy merosi haqida savol-javoblar tashkil qilindi. Zukko talabalarning bilimlari mehmonlar tomonidan eʼtirof etildi va ularga kitoblar taqdim etildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 20

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 24

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 18

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil