Ota-onalar kongressi

Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetida prorektor, dekan va professor-o'qituvchilar hamda talabalarning ota-onalari ishtirokida kongress o'tkazildi.

Uchrashuvda O'quv ishlari boʻyicha prorektor R.Toʻrayev va Kimyo fakulteti dekani H.To'rayev tomonidan taʼlim muassasasidagi oʻzgarishlar, talaba-yoshlarga berilgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar, odob-axloq kodeksi, universitet ichki tartib qoidalari, talabalar yotoqxonalaridagi shart-sharoitlar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Uchrashuvda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash lozimligi alohida taʻkidlanib, ularning ham fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Tadbirning asosiy qismidan keyin universitet oshxonasida ota-onalar va mehmonlar uchun tushlik tashkil etildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 22

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 29

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 21

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil