Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo'nalishining faol talabalari ishtirokida B.Jumayev, M.Ziyodullayeva, M.Jabborov hamda M.Isroilovalar Termiz davlat pedagogika institutida "World saving day"(Butunjahon jamg'arish kuni) munosabati bilan seminar bo‘lib o‘tdi.
"Moliyaviy savodxonlikni birgalikda oshiramiz" mavzusidagi seminar talabalarga jamg'arish madaniyatini shakllantirish, shaxsiy moliyaviy xavfsizlikni ta'minlash maqsadida tashkil etildi.
Seminar davomida talaba yoshlarga moliyaviy savodxonlik, bank tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, pul jamg‘arish va uni sarflash kabi masalalarda bir qancha kerakli tushunchalar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting!