Termiz davlat universiteti kimyogar olimlari ishtirok etayotgan Praga shaxridagi “Yevropa universitetlarida ta’lim jarayonidagi innovatsiyalar” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminari bugun o‘z nihoyasiga yetdi.
Seminar yakunida Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti rahbariyati tomonidan kimyogar olimlarimiz seminar ishlarida faol ishtiroklari uchun sertifikat bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, ushbu institut va Termiz davlat universiteti o‘rtasida hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari bajarish, xalqaro loyihalarda faol ishtirok etish va yosh olimlarni ilmiy stajirovka hamda malaka oshirishga yuborish to‘g‘risida kelishib olindi.
Bizni kuzatishda davom eting!