Termiz davlat universiteti Milliy libos va san’at fakultetida mafkuraviy xurujlarga qarshi miliy gʻoya asosida birgalikda kurashish, oila, taʼlim muassasasi va mahalla hamkorligini mustahkamlash, shu asosda maʼnaviy tarbiyaning uzviyligini taʼminlash koʻnikmasini shakllantirish maqsadida “Miliy qadriyatlar kuni” oʻtkazildi.
Unda talabalar “Miliy qadriyatlarning eng faol targʻibotchisi” tanlovi doirasida “Miliy libos”, “Miliy raqs”, “Miliy taom”, “Miliy sport”, “Miliy qoʻshiq” nominatsiyalari boʻyicha milliy qadriyatlarimizni namoyon etishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!