TerDUda o’tkazilayotgan "Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash" mavzusidagi seminar doirasida bugun mamlakatimizdagi OTMlardan tashrif buyurgan 150 nafar xotin-qizlar uchun viloyatimizning muqaddas qadamjolariga sayohat tashkil etildi.
Vohamizda joylashgan “Al-Hakim at-Temiziy”, “Sulton Saodat”, “Qirq qiz” va “Kokildor ota” kabi ziyoratgoh majmualariga tashrif buyurgan seminar ishtirokchilari muqaddas qadamjolarning tarixi, ulomaolarining hayoti va yaratgan asarlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!