Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida III Butunjahon jang san’ati o‘yinlari bo'lib o'tdi. Sportning bir qancha turlarini o'zida jamlagan mazkur musobaqada TerDU Yuridik fakultetining 4-bosqich talabasi Jahongir Mamaraximov tatamiga chiqdi. 14 mamlakatdan jami 83 nafar sportchi qatnashgan musobaqa bellashuvlarida sportchilarimiz qatorida Jahongir ham oltin medalni munosib tarzda zabt etdi.
Chempionimizni ushbu yutug‘i bilan, eng avvalo o‘zini va oila aʼzolari hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz hamda kelajakdagi faoliyatiga zafarlar tilaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting!