TerDUning 3 nafar talabalari Matematika fani boʻyicha oʻtkazilgan Xalqaro olimpiadada oliy o'rinlarni egallashdi.

Qoraqalpoq davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida matematika fani bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi II Xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan 200 dan ortiq talabalar hamda yuqori malakali hakamlar hayʼati aʼzolari ishtirok etishdi.

Quvonarlisi, mazkur olimpiadada Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Matematika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 4 nafar talabalarimiz munosib ishtirok etib, ularning 3 nafari oliy o'rinlarni egallashdi. 

Sirojiddin Beg'amov oltin medal
Hojiakbar Aminov kumush
Shahnoza Turopova bronza medaliga sazovor bo'lishdi.

TerDU rahbariyati hamda jamoasi nomidan chempionlarimizni ushbu yutug‘i bilan, eng avvalo o‘zini va oila aʼzolari hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz hamda kelajakdagi faoliyatiga zafarlar tilaymiz!

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 24

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 31

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 22

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil