Bugun Termiz davlat universiteti hududida oʻtkazilayotgan hasharda prorektorlar, professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etishyapti.
Hududlar va ariqlar tozalanmoqda. Daraxtlar oqlanib, shakl berilyapti. Atrof-muhitga chiroy va ifor taratib turuvchi anvoyi gullar ekildi. Hashar davomida atrof-muhitni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish kabi yumushlar bajarilmoqda. Fakultet binolari va unga tutash hududlar yanada chiroy ochayotgani barchaga birdek xush kayfiyat bagʻishlashi shubhasiz.
Eng muhimi TerDU jamoasi hamjihat boʻlib, oliygoh obodligi, tozaligiga oʻzlarining katta hissalarini qoʻshishmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!