Zukko xotin-qizlar "Zakovat”da bellashdilar

TerDUda o’tkazilayotgan "Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash" mavzusidagi seminar doirasida mamlakatimizdagi OTMlardan tashrif buyurgan 150 nafar xotin-qizlar jamoalarga bo’lingan holda "Zakovat” intellektual o'yinida o'z bilim va mahoratini sinovdan o’tkazishdi. 

Shuningdek, TerDU Milliy libos va san’at fakultetining iqtidorli talaba-qizlari tomonidan yaratilgan milliy va zamonaviylikni o'zida uyg'unlashtirgan liboslar namoyishi o’tkazildi. 

Bu kabi tadbirlarni tashkil etishdan maqsad yoshlarni milliy qadriyatlarimiz va an'analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlar o'rtasidagi milliy liboslarimizga bo'lgan e'tiborni va kiyinish odobini yanada yuksaltirishdir. 

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 24

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 31

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 22

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil