Markaz xodimlari Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan «O‘zbekistonda mavjud ilmiy-texnik va tadqiqot laboratoriyalarning yagona elektron bazasi», «Milliy ilmiy portal» va «Ilmiy-texnik axborot tizimi» elektron platformalarida dolzarb ilmiy yangiliklar, barcha ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlar olib borayotgan ilmiy ishlar, laboratoriya ishlanmalari yuzasidan ma’lumot olish imkoniyatlari haqida ta’kidladilar.
Xususan, ko‘p funktsiyali ilmiy-texnik va tadqiqot laboratoriyalarning yagona elektron bazasi (https://slab.gov.uz)da statistik manbalar, barcha ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlar, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, laboratoriya ishlanmalari, qurilma va uskunalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar berib borilishi, hamda bazadan erkin foydalanish imkoniyati mavjudligi haqida ma’lumotlar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting!