Unda Surxondaryo viloyati maqom ansamblining sozanda va xonandalari, O'zbekiston xalq hofizi Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli badiiy rahbari I.Vahobov, Yunus Rajabiy nomidagi respublika maqom ansamblining xonanda va sozandasi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist A.Dadayev, Termiz davlat universiteti Musiqa ta'limi kafedrasi mudiri A.Tursunov, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Yillik hisobot konsert dasturida Termiz davlat universiteti Milliy libos va sanʼat fakultetining An'anaviy xonandalik va cholg'u yo'nalishi talabalari faol ishtirok etib, o'z mahoratlarini namoyon etishdi. So'ngida talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi va o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!