TerDUda "Talaba-qizlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash" mavzusida seminar bo'lib o‘tmoqda.

Bugun Termiz davlat universitetida O‘zbekiston oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda "Talaba-qizlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash" mavzusida seminar tashkil etildi.

Dastlab seminarni universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev ochib berdi. Shundan so‘ng Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha boshqarma mutaxasissi D.Solixo‘jayeva va universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi D.Xamzayeva bugungi kunda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlar, ularning erishayotgan yutuqlarini mamnuniyat bilan e'tirof etishdi.

Ushbu seminarga respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalari Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raislari tashrif buyurgan bo‘lib, seminar davomida ishtirokchi moderatorlar tomonidan “Talaba-qizlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash”, “Milliy libos – millat ko‘zgusi”, “Xotin- qizlar orasida psixologik va huquqiy maslahat kunlarini tashkil etish”, “Qizlarjon” klubi faoliyatini yo‘lga qo'yish va boshqa masalalar qamrab olindi. Muhokama va mulohazalar yuritildi.

Seminar doirasidagi uchrashuvlar davom etmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

  • 2024-05-03
  • 59

Termiz davlat universiteti ingliz tili o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi Tadjiyeva Mastura Fayzullayevnaning Termiz davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va

Batafsil

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining ikkinchi kuni qiziqarli taassurotlar bilan boshlandi

  • 2024-05-02
  • 46

Bir tomonda havo sharlari uchirish tadbirlari, velo marafon musobaqalari o'tkazilayotgan bo'lsa, yana bir tomonda esa milliy taomlar ko'rgazmasi turli qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz namoyish etilmoqda.

Batafsil