"Talant shou" yangi iste'dodlarni kashf etdi.

Bugun Termiz davlat universitetida talaba va yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Talant shou” tanlovi o’tkazildi. Pozitiv kayfiyat bilan boshlangan tanlovda universitetdan 25 nafar talabalar ishtirok etishdi. 

Iste’dodli gitarachi talabalar o‘zlarining milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlari bilan davraga fayz kiritdi.

Tanlov natijalariga ko'ra:
1-o'rinni Milliy libos va sanʼat fakulteti talabasi Karimov Javohir;
2-o'rinni Milliy libos va sanʼat fakulteti talabasi Shaymardanov Baxrom va Nabiyeva Maftuna;
3-o'rinni Tarix fakulteti talabasi Ramazonov Ozodbek va Arxitektura va qurilish fakulteti talabasi Shosaidov Davron egalladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 24

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 31

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 22

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil