Termiz davlat universiteti 4-TTJda istiqomat qiluvchi talabalarning taklif va murojatlarini eshitish hamda ularni hal etish maqsadida oʻtkazilgan navbatdagi “Sayyor qabul”da Yoshlar masalalari va maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha prorektor O.Shofiyev va Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov hamda fakultet dekanlari ishtirok etishdi.
Sayyor qabulda talabalardan moddiy yordam, TTJdagi sharoitlarni yanada yaxshilash boʻyicha 3 ta taklif va 17 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning yechimini oʻz vaqtida hal etish maqsadida chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.
Bizni kuzatishda davom eting!