Termiz davlat universitetida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi "Streetball" musobaqasining hududiy bosqichi o‘tkazildi.
Universitet talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan streetball musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi va so'nggi natijalarga ko'ra Termiz davlat universiteti o'g'il bolalar jamoasi 1-o'rinni egalladi.
Musobaqa g‘oliblari «Besh tashabbus olimpiadasi»ning keyingi bosqichiga yo‘l olishdi hamda universitet sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ushbu g’alaba bilan universitetimiz jamoasini tabriklaymiz! Keyingi Respublika bosqichida ham omad yor bo‘lsin!
Bizni kuzatishda davom eting!