Xalqaro hamkorlik

Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Gʻ.Raximov boshchiligidagi delegatsiya Oltoy davlat universitetining Amaliy matematika va axborot texnologiyalar instituti rahbariyati, yetakchi olimlari va talabalari bilan uchrashishdi. Uchrashuvda kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda amaliy matematika va axborot texnologiyalarning so‘ngi yutuqlarini sohalarda qo‘llashga oid qo‘shma dasturlar yaratish to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Shuningdek, Tarix va xalqaro munosabatlar instituti bilan qo‘shma arxeologik va etnografik ekspedisiyalar tuzish, vertual muzeylar yaratish, malakali professorlar ishtirokida vebinarlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.   

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 24

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 31

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 22

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil