Xabar berib borayotganimizdek, TerDUda “INNOWEEK.UZ-2023” – Innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Ularning navbatdagisi "Arxeologiyada zamonaviy qurilmalar va innovatsion ishlanmalar: Tarix fakultetida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarda innovatsiyalar xususida" mavzusidagi ko’rgazma-taqdimot bo'ldi. Unda Termiz davlat universiteti bilan hamkorlikda olib borilayotgan xalqaro ekspeditsiyalar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, universitet tomonidan arxeologik tadqiqotlar hamda talabalar amaliyotida foydalanish uchun fakultetga olib berilgan 1 mlrd so'm miqdoridagi zamonaviy qurilmalar, jumladan, fotoapparat, shtativ, noutbuk, nivelir, varrak, metall detektori, taxeometr va boshqa ko'rgazma-taqdimoti tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting!