Termiz davlat universitetida “InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligiga “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida viloyat bosqichiga start berildi.
Mazkur ko'rgazma yosh startap egalari uchun o'z loyihasini to'g'ridan to'g'ri jonli taqdim qilish, potentsial mijozlarni topish, biznes hamkorlarni izlash va loyihasiga sarmoyalarni jalb qilish uchun katta imkoniyat bo'lmoqda.
Tadbirda Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalari o‘z ishlanmalari va innovatsion g‘oyalari bilan faol ishtirok etmoqda.
16-oktabrdan 20-oktabr kuniga qadar davom etadigan “InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida ko'rgazma, forum, konfrensiyalar bo'lib o'tmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!