Samarqand shahridagi “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markazida Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi boʻlib oʻtayapti. Mazkur xalqaro tadbirda dunyoning 130 dan ortiq davlatidan vakillar ishtirok etishmoqda.
Nufuzli anjuman doirasida Surxondaryo viloyati uchun ajratilgan povilyonda namoyish etilayotgan vohaning oʻziga xos turizm salohiyati koʻrgazmasi tadbirning xorijiy mehmonlarida katta qiziqish uygʻotmoqda.
Xalqaro anjumanda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ham ishtirok etib, tadbir doirasida qator xorijiy davlatlar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Shuningdek, mazkur anjumanda Termiz davlat universitetining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Rasul Toʻrayev ham ishtirok etmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!