“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar oʻz soha faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish boʻyicha zarur ishlarni tashkil etishi belgilangan.
Qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish maqsadida oliygohda targʻibot uchrashuvi oʻtkazildi. Unda Termiz davlat universiteti yuristi M.Po'latov tomonidan 2023-yil 30-avgustda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, “Veterenariya toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish kiritilganligi ham ishchi-xodimlarga yetkazildi.