13-oktabr kuni Termiz davlat universitetida “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar - Yangi O’zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida “InnoWeek.Uz-2023” innovatsion g’oyalar haftaligining universitet bosqichi o’tkazildi.
Barcha fakultetlarning professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan yaratilgan ilmiy-innovatsion ishlanmalar va mahsulotlar ko‘rgazma maydonidan o’rin oldi.
Haftalikdan ko‘zlangan asosiy maqsad globallashuv davrida oliy ta’lim muassasalarida ilmiy va innovatsion faoliyatda ro‘y berayotgan yangiliklar bilan tanishtirish, tajriba almashish va birgalikda sohaga doir muammolar yechimini topishdan iborat.
Endilikda 16-20-oktabr kunlari “InnoWeek.Uz-2023” innovatsion g’oyalar haftaligining viloyat hamda Respublika bosqichlari o’tkazilishi belgilangan.
Bizni kuzatishda davom eting!