Termiz davlat universiteti Milliy libos va sanʼat fakultetiga O'zbekiston davlat filarmoniyasi "Sug'diyona" davlat xalq cholg'ulari kamera orkestrining ijodiy jamoasi tashrif buyurdi.
O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist professor Firuza Abduraximova boshchiligida hamda O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Xalq cholg'ularida ijrochilik" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Musiqa ta'limi" kafedrasining iqtidorli talabalariga "Mahorat darsi" o'tib berildi.
Yuqori saviyada o'tkazilgan mahorat darslari talabalarda katta qiziqish va taassurot qoldirdi!
Bizni kuzatishda davom eting!