Bugun O'zbek filologiyasi fakulteti sirtqi ta'lim (o'zbek tili) talabalari tomonidan xalqimizning qadimiy ijod jarayoni bo'lgan folklor an'analariga bag'ishlangan "MILLIY QADRIYATLAR JOZIBASI" nomli tadbir o'tkazildi. Unda talabalar tomonidan xalqimizning urf-odatlaridan bo'lgan kelin salom, lapar, alla hamda baxshi termasidan namunalar namoyish etildi. Tadbir yakunida tadbirda faol qatnashgan talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandi.