Termiz davlat universitetida talaba-qizlari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi. Qizg'in kechgan o‘yinda jami 12 ta qizlar jamoasi ishtirok etib, bilim va salohiyatlarini namoyon etishdi. Gʻolib jamoalar rahbariyat tomonidan diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.