Sening tashabbusing-sening kelajaging uchun.

Termiz davlat universitetida 11-oktabr — "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan "Sening tashabbusing-sening kelajaging uchun" shiori ostida qizlar forumi boʻlib oʻtdi. Forumda oliygohda lider hisoblangan talaba-qizlar erishgan yutuqlari hamda faoliyati haqida ishtirokchilarga ma'lumot berishdi. Yosh avlod vakillarini bilim olishga, o‘z ustida izlanishga, yangiliklar yaratish va zamon bilan hamnafas harakat qilishga chorladi. Forum davomida stipendiant bo'lish istagidagi qizlar uchun maxsus seminar trening o'tib berildi va ular o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 27

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 35

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 24

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil