O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, Xitoy “Kamar va yo‘l” matematika markazi va Pekin universiteti Muhandislik kolleji tashabbusi bilan Toshkent shahrida 2023-yil 9-10-oktabr kunlari Xitoy-O‘rta Osiyo davlatlari matematiklari forumi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston, Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘zistonning yetakchi matematiklari qatorida Algebra va geometriya kafedrasi professori Ismoil Allakov ham ishtirok etdi.
Forumda matematika fani rivojlanishining dolzarb muammolari, shuningdek, Xitoy va O‘rta Osiyo matematika ilmiy maktablari o‘rtasida hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.
Bizni kuzatishda davom eting!