Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Termiz davlat universiteti Fuqarolik jamiyati kafedrasi o'qituvchisi Xujanazarov Absalom Ziyadullayevichning Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02 raqamli Ilmiy kengashning 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda tibbiyot tizimi taraqqiyoti: natijalar va tahlillar (Surxondaryo viloyati misolida, 1991-2020 yy.)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Absalom Ziyadullayevichni ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimlarining safi kengayaversin.
Bizni kuzatishda davom eting!