Termiz davlat universitetida o'g'il bolalar o'rtasida voleybol bo'yicha “5 tashabbus” olimpiadasi musobaqasining universitet bosqichi o'tkazildi.
Dastlab o'yinni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev ochib berdi va jamoalarga muvaffaqiyat tiladi.
Shiddatli kechgan o'yinda 14 ta fakultet talabalaridan iborat jamoalar o'z mahoratlarini ko'rsatishdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra:
1-o'rin Sport faoliyati va boshqaruv fakulteti jamoasi
2-o'rin Tarix fakulteti jamoasi
3-o'rin esa Kimyo fakulteti jamoasiga nasib etdi.
Bizni kuzatishda davom eting!