Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan TerDU Axborot texnologiyalari, Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalari "Ochiq eshiklar" kuni doirasida Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabiga borishdi.
Maktab faoliyati bilan yaqindan tanishgan yigit-qizlar ot sporti va uning turlari, ot sportining sog’lik uchun foydali tomonlari haqida ma’lumotlarga ega bo'lishdi. Shuningdek, talabalar amaliy mashg’ulotlarda ham faol ishtirok etishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!