Termiz davlat universitetida Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri aktyorlari tomonidan “Qaytar dunyo” spektakli namoyish etildi. Spektakl muallifi X.Xursandov boʻlib, rejissyor B.Nazarov tomonidan mahorat bilan sahnalashtirilgan.
Iqtitorli aktyorlar tomonidan namoyish etilgan mazkur spektakl talabalarning vaqtini mazmunli oʻtkazish, maʼnaviy olamini yanada boyitishga xizmat qildi.
Ayniqsa, pesada inson qadri, farzandlar tarbiyasi, oqibat haqida hikoya qilinishi universitet professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.
Bizni kuzatishda davom eting!