Termiz davlat universitetida dzyudo bo'yicha “5 tashabbus” va "Rektor kubogi" uchun saralash birinchilik musobaqasi o'tkazildi.
Musobaqani Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi.
Erkaklar 60, 66, 73, 81, 90, 100, +100 kg vazn toifasida, ayollar esa 48, 52, 57, 63, 70, 78, 87, +87 kg vazn toifasida oliy o'rin uchun bellashishdi.
Murosasiz kechgan bahslarda Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti talabalari yuqori natija ko’rsatib, oliy o'rinlarni egallashdi.
Bizni kuzatishda davom eting!