"Ziyo Week" TerDUda

Xo‘sh, "Ziyo Week" loyihasi talabalarga nima beradi?

Loyihaning asosiy va ustuvor maqsadlaridan biri - bu faol talaba yoshlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash hamda mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishdir. Loyiha doirasida Termiz davlat universiteti hududida hafta davomida turli xil zamonaviy va interaktiv formatlardagi leksiya, ilmiy-amaliy konferensiya, taqdimot, mashhur insonlar ishtirokida master klass va treninglar o‘tkaziladi. 

Bugun "Ziyo forum" assistentlari tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvda mazkur loyiha va uning imkoniyatlari haqida talabalarga batafsil ma’lumot berildi. 

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 28

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 39

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 28

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil