Ustozga ehtirom

“Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlari o’z egalariga topshirildi

Xabaringiz bor, 1-oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bir guruh soha vakillari taqdirlandi.  Fidoiy va jonkuyar professor-o’qituvchilarga ko’krak nishonlarini topshirish maqsadida TerDUda tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi o’rinbosari Ilhom Safarov, TerDU o’quv ishlari bo’yicha prorektor Rasul To’rayev va professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi. 

Unda so’z olganlar sohada faoliyat olib borayotgan barcha kasb egalarini bayram bilan qutlab, fidokorona mehnati bilan namuna ko’rsatayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining hissasini qoʻshib kelayotgan bir guruh professor-o'qituvchilarga “Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlari hamda faxriy yorliqlarni topshirdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 28

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 39

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 28

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil