Ustoz! Bu so'zni eshitganda bizga ta'lim, saboq bergan aziz ustozlarimiz ko'z oldimizga keladi. Yurtimizda har yili 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuni o'zgacha ruhda nishonlanadi.
Ana shunday tadbirlardan biri Termiz davlat universiteti Tarix hamda Sport faoliyati va boshqaruvi fakultetlarida "Ustozim-faxrim" mavzusida tashkil etildi.
Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev, Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov, fakultet dekanlari va ularning o'rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir so’ngida ustoz-murabbiylarga hurmat-ehtirom ramzi sifatida guldastalar taqdim etildi.
Bizni kuzatishda davom eting!