Sankt-Peterburg politexnika universiteti kadrlar tayyorlash hamda tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha Rossiyadagi texnika oliygohlari reytingida yetakchi o‘rinni egallab keladi. 2021-yilda universitet “Ustuvorlik-2030” Federal strategik dasturining “Tadqiqot yetakchiligi” yo‘nalishida birinchi g‘oliblar guruhiga kiritildi. Bugungi kunda 17 ta mutaxassislik bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari, 59 ta yo‘nalish bo‘yicha bakalavr, 57 ta yo‘nalish bo‘yicha magistrlar, 24 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘qituvchi-tadqiqotchilar tayyorlaydi. Rossiya Federatsiyasida O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo rektorlar konferensiyasi doirasidagi uchrashuvlarning navbatdagisi ushbu ta’lim dargohida bo‘lib o‘tdi.
Kecha Termiz davlat universiteti delegatsiyasi mazkur universitetda yaratilgan laboratoriya, kutubxona, uzoq yillik tarixga ega muzey faoliyati, ilmiy-tadqiqot loyihalari bilan tanishdi.
Shundan so‘ng, ikki universitet o‘rtasida memorandum imzolandi. Kelishuv doirasida Sankt-Peterburg politexnika universiteti va Termiz davlat universiteti o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlarida hamkorlik qilish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va talabalarning akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish, konferensiya va tadbirlarni tashkil etish nazarda tutilgan.
Bizni kuzatishda davom eting!