Avval xabar berganimizdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo rektorlar konferensiyasi davom etmoqda, bugungi uchrashuvlarda Termiz davlat universiteti rektori Avazjon Maraximov "O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari" mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida bir necha xalqaro oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Sankt-Peterburg davlat universiteti, A.S.Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, A.L.Shtiglits nomidagi Sankt-Peterburg davlat san’at va sanoat akademiyasi, Buyuk Petr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum doirasida ushbu oliy ta’lim muassasalari va Termiz davlat universiteti o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlarida hamkorlik qilish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va talabalarning akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish, turli ekspeditsiya, konferensiya va tadbirlarni tashkil etish nazarda tutilgan.
Bizni kuzatishda davom eting!