Termiz davlat universitetida "Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqalarning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Unda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev, universitet yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov so'zga chiqib, bugungi kunda yoshlarning iqtidorini rivojlantirish va ularni munosib rag'batlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida to’xtalib o'tdi.
Shu kuni Axborot texnologiyalari hamda Milliy libos va san'at fakultetlari jamoalari mini-futbol bo'yicha o'zaro bellashdilar.
Bizni kuzatishda davom eting!