Termiz davlat universitetida “Zaratushtradan Chingizxongacha” nomli koʻrgazma tashkil etildi

Termiz davlat universiteti va Karlovo universiteti oʻrtasida tuzilgan arxeologik ilmiy shartnomaga, Oʻzbekiston-Chexiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasiga 20 yil toʻldi. Shu munosabat bilan Termiz davlat universitetida “Zaratushtradan Chingizxongacha” nomli koʻrgazma tashkil etildi. Unda Chexiya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vatslav Yilek, Oʻzbekiston-Xitoy xalqaro ekspeditsiyasining sodirektori Ma Jiyan, Oʻzbekiston-Fransiya xalqaro ekspeditsiyasining sodirektori Per Lerish, Oʻzbekiston-Chexiya xalqaro ekspeditsiyasining sodirektori Ladislav Stancho, TerDU oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Rasul Toʻrayev, yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor Obid Shofiyev professorlar Shopoʻlat Shaydullayev, Sayfulla Tursunov va koʻplab tarixchi olimlar, ishtirok etishdi.

 

Taʼkidlash joizki, mazkur xalqaro ekspeditsiya ish boshlagan kezlari yirik loyihalarni amalga oshirishni koʻzlagan va bugun olimlar ana shu maqsadlariga erishdi. Masalan, Sherobod vohasining arxeologik yodgorliklarining xaritasi yaratildi, vohada joylashgan har bir yodgorlikning arxeologiya pasporti tuzildi. Bu toʻgʻrisida Praga shahrida monografiya ham chop etildi. Xuddi shunday Boysun, Jarqoʻrgʻondagi arxeologiya yodgorliklarida ham salmoqli ishlar olib borilganini koʻrish mumkin. Koʻhitangtogʻ yon bagʻrilarida joylashgan 9 ta, ilgari nomaʼlum boʻlgan bronza davriga, 14 ta ilk temir davriga oid yodgorliklar kashf etildi. Xalqaro koʻrgazmada soʻzga chiqqanlar tomonidan shuningdek, Aleksandr Makedonskiy va Yunon Baqtriya davriga oid, ilgari fanda nomaʼlum boʻlgan Iskandartepa, Dahna-i Jom, Qapchigʻay, Darband kabi yodgorliklar kashf etilib, 500 dan oshiq numizmatik manbalar toʻplangani va pul munosabatlar tarixi oʻrganilgani haqida toʻxtalib oʻtildi. 

 

Koʻrgazma doirasida tadqiqot jarayonida tarixiy yodgorliklarda oʻrganilgan maʼlumotlar, topilmalar haqida talabalarga prezentatsiya qilindi.

 

Tadbir soʻnggida mehmonlar, Termiz davlat universiteti hududida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, zamonaviy oʻquv binolari va inshootlari, innovatsion texnologiyalar, labaratoriya, kutubxona va talabalar turar joylarining moddiy texnik bazasi bilan tanishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 28

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 39

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 28

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil