Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Termiz davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tayanch doktoranti Turdiqulov Sherzod Duminovichni Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD. 03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli Ilmiy kengashning 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “Lingvomadaniy kodlarning onomastik birliklarda ifodalanishi (Surxondaryo teotoponimlari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Fakultet jamoasi nomidan Sherzod Duminovichni ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimlarining safi kengayaversin.
Bizni kuzatishda davom eting!